FVV xodimlari “Fire Expo 2024” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Joriy yilning 20-24 may kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasining Tegu shahrida o‘tkazilgan yigirmanchi “Fire Expo 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada 30 dan ortiq davlatlardan 300 ga yaqin korxonalar o‘zlarining yong‘in-texnik va xavfsizlikni ta’minlovchi mahsulotlari bilan qatnashdi.

Ko‘rgazma doirasida o‘quv seminari tashkil qilinib, unda yetakchi mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, Koreya yong‘in sanoati va texnologiya instituti (KFI) vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.