O‘quv yili yakunida Namangan viloyatida “Men vatanparvarman!” tadbirlari o‘tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida Namangan viloyati maktablarida ta'lim olayotgan o'quvchi qizlarni jalb qilgan holda “Men vatanparvarman!” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovlar uch kun davom etib, ularda Pop tumanining chegaraoldi hududlarida joylashgan 43, 60 va 69-sonli umumta’lim maktablarining o‘quvchi qizlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning bilimlari, vatanga muhabbat, sadoqat, buyuk ajdodlarimiz, ma’rifatparvar jadidlarimiz ezgu orzu va maqsadlari aks etgan bugungi hayotimizni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

G‘olib jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining faxriy yorlig‘i, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.