Hududiy seminar

Joriy yilning 27-may kuni Navoiy shahar “Yoshlar Markazi"da 2024-yilgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha hududiy seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib yoz mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, bolalarni dam olish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan seminar qatnashchilariga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. 

Shuningdek, maʼsullar tomonidan oromgoh rahbarlari, tarbiyachilari va yetakchilarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.