Surxondaryo viloyati FVB tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalarni dam olish va sogʻlomlashtirish mavsumini yuqori saviyada hamda uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida “Aholini suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish, cho‘milish havzalarida xavfsizlikni hamda kichik hajmli kemalar va ular turadigan baʼzalar (inshootlar) dan xavfsiz foydalanishni ta'minlash” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar davomida yuzga kelish mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini ta‘minlash boʻyicha ham tushunchalar berildi.
Tadbir doirasida qutqaruv asbob-anjomlari namoyishi ham tashkil etildi.