Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari polkovnik X.Alibayev boshchiligidagi Ishchi guruhning Xorazm viloyatidagi oʻrganishlari oʻz yakuniga yetdi

Avval xabar berganimizdek, Vazir oʻrinbosari boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyati FVBda olib borilgan shaxsiy tarkibning ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oʻrganish ishlari bugun, 28- may kuni yakunlandi.

Unda Xorazm viloyati FVBning barcha tuman va shahar boʻlimlaridagi shaxsiy tarkib bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Oʻrganishlar davomida, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ijtimoy himoya, moddiy va tibbiy ta'minotni holatiga, shuningdek, ofitserlarning bilim salohiyati baholandi.