“G‘alla-2024” o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi

Namangan viloyatida viloyat hokimligi rahbariyati Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari hamda daxldor tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirokida barcha tumanlarda seminarlar bo‘lib o‘tdi. 

Jarayonda, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan g‘alla o‘rim-yig‘imiga jalb etiladigan kombaynlarning ko‘rigi o‘tkazildi. Mavsumga tayyorligi, texnik holati o‘rganilib, kombayn operatorlari va g‘alla tashuvchi yuk avtomobillari haydovchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiya va yo‘riqnomalar berib o‘tildi.