Surxondaryo viloyatida “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan onkologik klinikalarda davolanayotgan bolalar uchun “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazilldi. Bolajonlarga yordam berishdek xayrli ishda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.