Farg‘onada maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi

Kuni kecha, Farg‘ona viloyati FVB xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan “Zilzila natijasida avtostansiyalarda sodir boʻlgan yongʻinlar va boshqa tabiiy ofatlarni FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda bartaraf etish” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

O‘quv mashqi davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish, insonlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari amalda bajarilib, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.