Andijonda “Yosh qutqaruvchi – 2024” sport musobaqasining Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda 

Kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari polkovnik S.T.Zuparov hamda Andijon viloyati hokimligi rahbariyati ishtirokida viloyatda o'tkazilayotgan Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan kelgan umumta'lim maktablari va kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilaridan iborat 28 ta jamoalar o'rtasida "Yosh qutqaruvchi" musobaqalari Respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bugun, musobaqaning birinchi kunida jamoalar yong'in o'chirish estafetasi, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, arqon yordamida daryodan o'tib chodir tiklash, binoning yuqori qavatlariga ko‘tarilish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Musobaqa davom etmoqda.