Suvda xavfsizlik profilaktikasi tadbirlari

“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” doirasida Fuqaro muhofazasi instituti va hududiy Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlari tomonidan joriy yilning 29-may kuni joylarda “Suvda baxtsiz xodisalarni oldini olish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Mazkur tadbirlar cho‘milish mavsumi oldidan o‘tkazilayotgan keng ko‘lamdagi profilaktika tadbirlarining izchil davomi bo‘lib, ular ochiq va yopiq turdagi cho‘milish suv xavzalari, cho‘milish ta’qiqlangan joylar (kanal, anxor, soy va h.k.), turli idora, tashkilot va muassasalarda, shuningdek Mahalla fuqarolari yig‘inlarida tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 41 ta maskanlarda tashkil etilib, ularda jami 2542 nafar fuqarolar jalb etildi hamda ularga mavzuga oid 1975 dona eslatma va bukletlar tarqatildi.