Olmazor tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda

Bugun, 30-may kuni Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i rahbarligida "Olmazor tumani boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo'yicha harakatlari" mavzusidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqini o‘tkazish bo‘yicha tuman FVDqT rahbar va ma’sul xodimlarning hisobotlari tinglanib, o‘quv mashqining amaliy harakatlarini o‘tkazishga start berildi. O‘quv mashqining birinchi kunidagi amaliy jarayonlar yuzasidan maxsus videorolik taqdim etiladi. O‘quv mashqi 1-iyun kuniga qadar davom etadi.