Bugun, FVV Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari va ularning oila a`zolari ishtirokida “Toshkent – Nukus” o‘rtasida “Askar onalarini sharaflaymiz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy videomuloqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli hududlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning ota-onalari va oila a’zolari ishtirok etdi.
Muloqot davomida ota-onalar farzandlarining harbiy hayoti, ularga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tadbirda harbiy xizmat davomida safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan askarlar, ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilib, tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.