Toshkent viloyatida "Oromgoh-2024" mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalofat o‘tkazish, bolalarni xavfsizlini ta'minlashga qaratilgan seminar o‘tkazildi. Unda mavsumga daxldor bo‘lgan barcha korxona va tashkilotlar ishtirok etib, o‘zlarining ma'ruzalari bilan qatnashdilar. Seminar davomida oromgoh rahbarlariga yong‘in va boshqa xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishli tushuntirilib, bolalar dam olish onlarini maroqli o‘tkazishlarini ta'minlashga qaratilgan bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olindi. Yakunda viloyat FVB qutqaruvchilari o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar.