Qashqadaryo viloyatida “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan onkologik klinikalarda davolanayotgan bolalar uchun “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazildi. Ushbu xayrli aksiyada Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, qon topshirdilar.