Poytaxtimizning Uchtepa tumani 295-maktabida seminar tashkil etildi

Kuni kecha Poytaxtimizning Uchtepa tumani 295-maktabida, Toshkent shahar FVB, Toshkent shahar bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda. 2024-yil yoz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etishda kasaba uyushmalarining ro‘li hamda yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.