Joriy yilning 29-30 may kunlari Andijon viloyatida “Yosh qutqaruvchi – 2024” musobaqalarining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan kelgan umumta’lim hamda kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat 28 ta jamoalardan jami 224 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, Kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘yicha 3-o‘rin Toshkent viloyati 1-son kasb xunar maktabi jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Qoraqolpog'iston Respublikasi Nukus shahar 1-kasb xunar maktabi jamoasi munosib deb topildi. Barcha shartlarda yuqori natijalarni qayd etgan Andijon viloyati Paxtaobod tumani 2-son kasb xunar maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Umumta’lim maktablari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan bahslar bo‘yicha Navoiy viloyati Navoiy shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi 3-o‘rinni, Andijon viloyati Asaka tumanining 25-ixtisoslashgan Davlat umumta'lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Qoraqolpog'iston Respublikasi Nukus shahar 31-maktabi jamoasi qo‘lga kiritib, musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘ldi.