Kecha, 31-may kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida viloyatning Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Alimatov ishtirok etib, 15 nafar murojaatchini qabul qildi va ulardan 11 nafaring masalalari joyida ijobiy hal etildi. Muddat talab etiladigan 4 ta murojaatini hal etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.