Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan "Zakovat" nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik, boshqarma va bo'lim xodimlari orasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra,
1- o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;
2- o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
3- o'rinni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 2- son tergov qamoqxonasi jamoalari egalladi.
Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindor jamoalarga tashkilotchilar tamonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.