Uy ichida qulflanib qolgan 2 yoshli bola qutqarildi

Kecha, 2-iyun kuni soat 18:31 da Toshkent shahar FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Yakkasaroy tumanidagi ko‘p kvartirali uyning xonadonlaridan biri eshigi qulflanib, xonadonda 2 yoshli bolaning qolib ketganligi, shuningndek, oshxonadagi gaz plitasi ham yoniq qolganligi bo‘yicha tashvishli xabar kelib tushdi. 

Zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolani ota-onasiga sog‘-salomat topshirdilar. 

O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!