Joriy yilning 1-7 iyun kunlari O'zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash, aholining zilzilada harakat qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilmoqda. Haftalik davomida mahallalar, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda zilzilaga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi. Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting!