Navbahor tumanida navbatdagi oʻquv mashqi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 5-iyun kuni Navoiy viloyati FVB tomonidan Navbahor tumani Telekommunikatsiya bog‘lamasida “Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tuman FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

Mashq davomida “O‘zbektelekom” AK tuman Telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan shtabni uzluksiz aloqa vositalari bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilib, xodimlarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.