Joriy yilning 5-iyun kunidan navbatdagi manzil Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘ldi. Unda barcha shahar va tuman FVBlari shaxsiy tarkibining ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-ruhiy tayyorgarligi o‘rganilmoqda.
Xususan, kecha, 5-iyun kuni Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy shaharlari va Dang‘ara tumani FVBlarda shaxsiy tarkib bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, unda ma’naviy- ma’rifiy ishlar, ijtimoiy himoya, moddiy va tibbiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbar xodimlarga topshiriqlar berildi. Hozirda o'rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari FVBlarida Ishchi guruhning o‘rganish ishlari olib borildi.