Sirdaryo va Andijon viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida maktabgacha ta'lim tashkiloti ishchi-xizmatchilari va tarbiyalanuvchilari bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan zilzila hodisasi sodir bo'lganda harakatlanish, binoni tark etish usullari qiziqarli o'yin tarzida o‘tkazilib, ularning bilim va ko'nikmalari oshirildi.