Samarqand viloyati FVB tomonidan Nurobod tumanida joylashgan "Saroyqo'rg'on" davlat o'rmon xo'jaligida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashq davomida FVB, hamkor tashkilotlar va o'rmon xo'jaligi xodimlarining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.