Navoiy viloyati FVB va Fuqaro muhofazasi institutida FVV tizimida kadrlar bilan ishlash va harbiy xizmatni o‘tash tartibini yanada samarali tashkillashtirish maqsadida, o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv reja asosida o‘tkazilgan ushbu seminarda ishtirok etgan hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar kadrlar bo‘limi boshlig‘i va bosh inspektorlariga Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnoma talablari o‘rgatilib, bilim va malakalari oshirildi.