Pop tumanidagi dam olish maskanlarida profilaktik tadbirlar olib borildi 

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan dam oluvchilarning xavfsizligi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Pop tumani Guliston mahallasidagi maskanlarda o‘rganishlar o‘tkazildi.

Jarayonda, mavjud attraksion, osma ko‘prik, kanatlar ko‘zdan kechirilib, ularning texnik mustahkamligi, yuk ko‘tarish qobiliyati o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda amaliy yordam berish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, hududda joylashgan "Temiryo‘lchilar"  va "Binafsha" bolalar dam olish oromgohlarini mavsumga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishilib, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi.