Buxoro viloyati FVB xodimlari bilan psixologik trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xotin-qizlari hamda harbiy xizmatchilarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zoʼravonlik koʼrinishlarining oldini olish va ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʼrsatish choralarini ko‘rishni taʼminlash maqsadida Mudofaa vazirligi psixologlari ishtirokida trening tashkil etildi.

 

Trening davomida xodimlar “1357” Psixologik yordam korsatish yagona call-markazi orqali o‘zlariga psixologik yordam olish imkoniyati bilan yaqindan tanishdilar va bu borada oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.