Ishchi guruhning o‘rganishlari joriy yilning 7-iyun kunidan Namangan viloyati FVBda olib borilmoqda. Unda barcha shahar va tuman FVBlari shaxsiy tarkibining ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy- ruhiy tayyorgarligi o‘rganilmoqda.
Xususan, viloyat FVB, Namangan shahar, Namangan va Chortoq tumanlari FVBlarda, shaxsiy tarkib bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, unda ma’naviy- ma’rifiy ishlar, ijtimoiy himoya, moddiy va tibbiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jarayonda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi “Chortoq” kompleks-prognostik stansiyasiga ham borilib, u yerda yaratilgan sharoitlar, ish jarayoni va asbob-uskunalarning holati ko‘zdan kechirildi. Faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha rahbar xodimlarga topshiriqlar berildi.
Hozirda o'rganish ishlari davom ettirilmoqda.