Kuni kecha, FVV Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Aholini zilzilaga tayyorlash” haftaligi doirasida Ichki ishlar vazirligining 1-sonli akademik litseyi, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari hamda Mirzo Ulug‘bek tumani “Iqtidor” mahalla fuqarolari bilan “Zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakatlar” mavzusida profilaktik davra suhbatlari o‘tkazildi.