Farg‘onada jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Kecha, 7-iyun kuni Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida mas’ul xodimlar ishtirokida “Yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, cho‘milish mavsumida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va bu borada olib  borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda aholini va hududlarni sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Jurnalist, bloger va OAV vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha  javoblar oldilar.