“Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘ladi”

Aholini va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sodir bo‘lganda oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishda qutqaruv avtomobillarining soz xolda bo‘lishi judu katta ahamiyatga ega. Albatta, xalqimiz orasida “Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘ladi” degan naql bejiz aytilmagan. Anashu maqsadda Favqulodda vaziyatlar vazirligining avtomobillari doim soz va alohida nazoratda bo‘ladi. 

Bugun, 8-iyun kuni Vazirlik Markaziy bazasida Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida 2024-2025 yil uchun xizmat avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilar bilan yuriqnoma ishlari olib borildi va dalolatnoma hamda bayonnoma rasmiylashtirildi.