FVV Fuqaro muhofazasi institutida magistrantlarning tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun, 8-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida magistrantlarning tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev, vazirlik Akademiyasi boshlig‘i general-mayor R.Haydarov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari, Fuqaro muhofazasi instituti shaxsiy tarkibi va magistratura bitiruvchi talabalarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda 2022/2024 o‘quv yillarining bitiruvchi 16 nafar talabalariga “Magistr” akademik darajasini tasdiqlovchi diplom va sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.