“Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi

“Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. O‘quv-mashqi “Sel, suv-toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hududiy FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida bo‘lib, “Qamchiq” temir yo‘li masofasining 69 kmda xavfli uchastkalarda muhandislik-himoya tadbirlari amalga oshirishga qaratildi.