Xorazm viloyatida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yagona yondashuvning namunaviy tajribasini ko‘rsatishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarning ochilishida viloyat hokimi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi. Unda viloyat FVB boshlig‘i tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi. 

 

Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan o‘quv seminar ishtirokchilari ikki kun davomida Urganch, Xiva shaharlari va Yangibozor tumanida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdilar. Seminar davomida muloqotlar, fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.