Navoiy shahar FVB xodimlari tomonidan viloyat Markaziy banki bosh boshqarmasida "Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda obyekt fuqaro muhofozasi tuzilmalarining shahar FVDqT tashkilot kuch vositalari bilan hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, obyekt ishchi xodimlarini sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish va ularni bartaraf etish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat bo‘lib, unda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi hamda eslatma va bukletlar tarqatildi.