Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Buxoro xalqaro aeroporti”ga qarashli yoqilg‘i moy mahsulotlarini saqlash omborida shartli yong‘in o‘chirish amaliy o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi davomida aeroport ishchi-xizmatchilari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish, zilzila va yong‘in vaqtida evakuatsiya tadbirlarini tashkil etish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari yo‘nalishida amaliy harakatlar bajarildi.