Pastdarg‘om tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

 “G‘alla-2024” o‘rim-yig‘im mavsumi davomida yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati FVB tomonidan Pastdarg‘om tumanida joylashgan Don qabul qilish va qayta ishlash korxonasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra korxonada shartli yong‘in yuzaga kelgan bo‘lib, yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, bino ichida qolgan fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirilib, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirildi.