Namangan viloyatida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Namangan viloyati FVB tomonidan hududdagi daryolar, tez oqar kanallar hamda soylarda cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, cho‘milishni taqiqlovchi targ‘ibot materiallari o‘rnatildi. Shuningdek, aholi bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 

Xurmatli fuqarolar, farzandlaringizni cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘milishiga ruxsat bermang!