Yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan tashkil etildi. Tadbir doirasida soha xodimlari aholi xonadonlari, ijtimoiy soha va qurilish obyektlari hamda tadbirkorlik subyektlarida yong‘inlar, suvda cho‘kish va boshqa turdagi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borildi.