Qorako‘l tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi  hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.

Qabul 2024-yil 21-iyun kuni soat 11:00 da Qorako‘l tumanida joylashgan "Madaniyat markazi" ma’muriy binosida boshlanadi.

Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz bo‘yicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.