Samarqandda tungi profilaktik tekshiruvlar davom etmoqda

Samarqand viloyati FVB boshlig‘i tomonidan tungi vaqtda Urgut tumani FV bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi smena shaxsiy tarkibining jangovar shayligi, texnikalarning holati va xodimlarning bilim saviyasi sinovdan o‘tkazildi.

Jarayonda Urgut tumanida joylashgan ''Chor chinor'' bolalar dam olish oromgohiga ham borilib, mas'ul navbatchi xodimlarning xizmat olib borishi o‘rganildi va kerakli tavsiyalar berildi.