Navoiy viloyati FVB hamda NKMK jamgʻarmasi davlat muassasasi Uchquduq hududiy boshkarmasi tasarrufidagi "Sarmish BSO" mas’ullari hamkorligida "Yosh qutqaruvchi" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi tashkil etildi.
Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, shuningdek, ona-Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa ko‘tarinki ruxda o‘tib, yoshlarning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.