“Farg‘onaazot” AJda o‘quv mashqi o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati FVB xodimlari tomonidan “Farg‘onaazot” AJda daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy o‘quv-taktik mashqi o‘tkazildi. Mashqning asosiy maqsadi ishlab chiqarish obyektlarida sanoat va yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, zaharlanishlar shuningdek, zilzila sodir bo‘lganda va undan keyin to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha ishchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalari oshirildi.