Profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda...

Namangan viloyati FVB tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi yozgi dam olish maskanlarida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Unda “Soy bo‘yi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi cho‘milish taqiqlangan Podishoota soyida cho‘milayotgan yosh bolalar bilan suxbat o‘tkazildi.

 

Shuningdek, ota-onalarga bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik va cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘milishiga ruxsat bermaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.