Fuqaro muhofazasi instituti professor-o’qituvchilari tomonidan Jizzax viloyatida pedogoglar uchun seminar-trening o‘tkazildi

Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti professor-o’qituvchilari tomonidan YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda umumta’lim va jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ma’muriyati, pedogoglar tarkibi hamda o‘quvchi-tarbiyalanuvchilarida tabiiy ofatlar, xususan zilzilalarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mustahkamlashga qaratilgan dasturiy loyiha doirasida Jizzax shahridagi 1-sonli umumta'lim maktabi va ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati pedogoglari uchun “Maktablarda nostrukturaviy tahdidlar, ularning oldini olish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.