Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir

Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Nukus harbiy prokurori ishtirok etib, boshqarma xodimlari orasida tartib-intizomni mustahkamlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yo‘l-transport hodisalarining va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuningdek, uchrashuv davomida bunday illatlarning ayanichli oqibatlari haqida ta’kidlab o‘tildi.