Kuni kecha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi “Kichik Oqsoy” tog‘iga sayr qilish maqsadida borgan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolganligi va ularga yordam zarurligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan fuqarolar “Kichik Oqsoy” tog‘ining, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ekanliklari aniqlanib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.