Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar FVB va "Uzbekistan GTL" MChJ Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boʻlinmasi yosh harbiy xizmatchilari hamda Qarshi shahridagi 2-sektorga biriktirilgan yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik F.Mirzayev ishtirok etib, yoshlarga mashaqqatli va shu bilan birga sharafli xizmat faoliyati mobaynida bosib oʻtgan yoʻllari va erishgan yutuqlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, sohaning sir-asrorlari to‘g‘risida yoshlar bilan suhbat olib bordi.