Bugun, 20-iyun kuni Samarqand viloyati FVB boshlig‘i podpolkovnik Nurali Kadirov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushrashuvda Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimlarida xizmat qilib kelayotgan yosh harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarga N.Kadirov tomonidan ularni qiziqtirgan savol va takliflariga javoblar berildi. Tadbir so‘ngida bir guruh faol yoshlarga boshqarma boshligʻining tashakkurnomasi va estalik sovgʻalari topshirildi.