"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi Andijon viloyati misolida

Kuni kecha, Andijon viloyati FVB boshligʻi, tizimda xizmat olib borgan nafaqadagi faxriylar hamda yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi. 

Uchrashuvda rahbar va faxriylar bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish  to‘g‘risida so‘z yuritib, oʻzlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbir yakunida bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, boshqarma boshligʻining "Faxriy yorliqlari" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.